O’zbekistonda bir necha kompaniyalar o’zining ishlab chiqarish salohiyati, eksport imkoniyatlari bilan yil sayin dunyoda o’z nomi bilan dovrug’ qozonib bormoqda. Bugun xalqaro bozorda “Made in Uzbekistan” degan yorliq yangilik bolmay qoldi. Nufuzli kompaniyalarimiz allaqachon o’z nomi, mahsulotlari bilan tanilib ulgurgan. Imzo Glass shunday kompaniyalar safiga kiradi. Yaqinda kompaniya Litva davlati orqali London shahriga 600 m2 ga yaqin toblangan oyna mahsulotlari eksport qildi. Kompaniya so’nggi yillarda eksport salohiyatini yanada kengaytirib bormoqda.
Imzo Glass – Imzo fabrikasi tarkibidagi oynani qayta ishlash zavodi hisoblanadi. Kompaniya 20 160 m2 maydonda oyna kesish, oynani charxlash, toblash, qo‘sh oyna yig‘ish, oynaga keramik siyoh bilan ishlov berish, tripleks oyna yig‘ish ishlarini olib bormoqda.
Nima uchun aynan Imzo Glassni tanlashadi?
Xorijiy kompaniyalar hamda yirik qurilish loyihalari nima uchun aynan Imzo Glass kompaniyasi mahsulotlarini tanlashmoqda? Bugungi kunda mamlakatimizda bu sohada yetarlicha raqobat mavjud. Ko’plab ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari bilan yurtimiz bozorlarini egallashmoqda. Ammo ular orasida Imzo Glass o’zining innovatsion yechimlari, doimo yangilikka intilishi hamda yuqori sifatli oyna mahsulotlarini qayta ishlovchi texnologiyalari bilan alohida ajralib turadi. Imzo Glassning “Oyna kesish bo'limi”da Lisec, Intermac “Oyna charxlash bo'limi” Battero, Intermac, Lifeng, Neptun “Oynaga qo'shimcha ishlov berish bo'limi”da Vertmax, Master One “Toblash bo'limi”da North glass “Qo'sh oyna yig'ish bo'limi” Lisec, Best makina “Tripleks (Qo’shoyna yig'ish bo'limi)”da Battero, Akarmak “Oynaga keramik siyoh bilan ishlov berish bo'limi”da Deep tech kabi dunyoga mashhur va ilg’or texnologiyalar bilan oynaga ishlov berilmoqda.