Pudratchi bilan maslahatlashuvlardan so‘ng IMZOning flagman alyuminiy deraza modeli –Engelberg Thermo 98 tanlandi.
Loyiha haqida
Niderlandiyadagi rezidensiya minimalizm uslubida loyihalashtirilgan: qat’iy shakllar, tabiiy materiallar, chuqur oyna o‘rinlari va o‘rmonga qaragan keng panoramali derazalar. Me’morning g‘oyasiga ko‘ra, derazalar maksimal darajada yorug‘lik o‘tkazishi, yuqori energiya samaradorligini ta’minlashi, fasadga vizual yengillik berishi va shamol hamda yomg‘irga bardoshli bo‘lishi kerak.
Aynan shu sababli gollandiyalik me’morlar Alux Anthracite rangli Engelberg Thermo 98 alyuminiy deraza tizimlarini tanladilar. Metalux kollektsiyasidan o‘rin olgan bu zamonaviy rang deraza o‘rni hajmining chuqurligini bo‘rttirib ko‘rsatadi, tabiiy yog‘och va beton bilan chiroyli kontrast hosil qiladi, eng muhimi – fasad grafikasi uyg‘unligini buzmasdan, uni yanada ajratib ko‘rsatadi.